Commit f54945a3 by Faxriddin

translation_to_uzbek

parent 7312501b
1.1 dan keyingi yangilanishlar
==============================
Yii 2.0 talqini uchun batamom boshqatdan yozilganligi bois 1.1 va 2.0 talqinlar orasida ko'p farqlar mavjud.
Shu tufayli 1.1 dan keyingi yangilanishlar minor talqinlar (talqinlarning bir biridan 1-xonasidan keyingi xonalaridagi sonlari farq qiladiganlari) orasidagi yangilanishlar kabi sodda ko'rinishda bo'lmaydi.
Ushbu qo'llanmada ikki talqin orasidagi asossiy farq yangilanishlari keltirilgan.
Agar siz ilgari Yii 1.1 ni ishlatmagan bo'lsangiz u holda ushbu bo'limni tashlab, [Ishni boshlash][start-installation.md] bo'limiga o'tishingiz mumkin.
Shuningdek shuni unutmangki Yii 2.0 bu yerda yozilganidan ko'proq imkoniyatlarga ega. Qaysi imkoniyatlar qo'shilganini bilish uchun qo'llanmani o'qib chiqish tavsiya etiladi. Balkim siz bunga qadar o'zingiz uchun zarur deb bilib yaratgan imkoniyat endi freymvorkning bir qismidir.
O'rnatish
---------
Yii ning 2.0 talqini PHP uchun bog'liqliklarni boshqaruvchi hisoblangan [Composer](https://getcomposer.org/) ga butunlay asoslangan.
Freymvorkni o'rnatish va shuningdek kengaytirish Composer orqali qilinadi. Yii 2.0 ni o'rnatish bo'yicha yanada batafsilroq ma'lumot
[Yii ni o'rnatish](start-installation.md) bo'limida keltirilgan. Yii 2.0 uchun qanday qilib kengaytmalar yaratish yoki 1.1 talqindagi mavjud kengaytmalarni qanday qilib 2.0 talqinga adaptiatsiyalash ko'rsatmalari [Kengaytmalarni yaratish](extend-creating-extensions.md) bo'limida ko'rsatilgan.
PHP talabi
----------
Yii 2.0 talqin Yii 1.1 talqinda qo'llanilgan PHP 5.2 ga nisbatan ancha yaxshilangan PHP 5.4 yoki undan yuqorisini islatadi.
Shu tufayli siz nazarda tutishingiz kerak bo'lgan tildagi ko'p o'zgarishlar mavjud.
Quyida PHP ning asosiy o'zgarishlari keltirilgan:
- [Nomlar sohasi](http://php.net/manual/ru/language.namespaces.php);
- [Anonim funksiyalar](http://php.net/manual/ru/functions.anonymous.php);
- Massivlar uchun qisqa sintaksisni qo'llash: `[...elementlar...]` ni `array(...элементы...)` o'rniga;
- Qisqartirilgan teglarni qo'llash `<?=` ko'rinish fayllarida chiqarish uchun.
PHP 5.4 talqinida ushbu imkoniyatni hech qanday sozlashlarsiz qo'llash mumkin;
- [SPL ning klasslari va interfeyslari](http://php.net/manual/ru/book.spl.php);
- [Kechroq statik bog'lash (LSB)](http://php.net/manual/ru/language.oop5.late-static-bindings.php);
- [Sana va vaqt uchun klasslar](http://php.net/manual/ru/book.datetime.php);
- [Treytlar](http://php.net/manual/ru/language.oop5.traits.php);
- [Xalqarolashtirish (Intl)](http://php.net/manual/ru/book.intl.php); Xalqarolashtirish imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida Yii 2.0 PHP ning `intl` kengaytmasini ishlatadi.
Nomlar sohasi
-------------
Yii 2.0 ning asosiy o'zgarishlaridan biri bu nomlar sohasi hisoblanadi. Freymvorkning deyarli har bir sinfi nomlar sohasida joylashgan, masalan, `yii\web\Request`.
"C" qo'shimchasi endi klasslar nomlarida ishlatilmaydi.
Klasslarni nomlash kelishuvi direktoriyalar strukturasiga asoslanilgan. Masalan, `yii\web\Request` ushbu yozuv klassning yii freymvork direktoriyasidagi web/Request.php faylida joylashganini anglatadi.
(Yii ning klasslarni yuklovchisi evaziga siz freymvork klasslarini hech qanday vositachisiz boglab qo'yishingiz mumkin).
Komponent va obekt
------------------
Markdown is supported
0% or
You are about to add 0 people to the discussion. Proceed with caution.
Finish editing this message first!
Please register or to comment